Okt 24

Diqqat qiling va o’ylab ko’ringchi,
Pashshada 19 ta, Kitta 60 ta, Bo’rida 45 ta. Gap nima haqida ketayapti???

Okt 24

Dunyoda shunday xaqiqat borki:
Dastlab u 1 oyoqlab, keyin 2 oyoqlab, so’n 3 oyoqlab yurishadi.
Savol u nima bo’lishi mumkin va qanday qilib bu ketma-ketlik amalga oshgan???

Okt 24

Zobitlar
Fransiya qirollik ustavida yozilishicha: ikkita armiya zobiti uchrashib qolganda birinchi bo’lib, kichik unvoni bo’lgan zobit salom (chest) berar ekan. Aytingchi agar ikkita bir xil unvonli zobitlar, uchrashib qolishsa, ulardan qaysi biri birinchi bo’lib salom berardi?

Okt 24

Savol… Bir sartarosh oldiga mijoz kelib, soch kaltalatdi va mijoz so’radi:
-Xizmat xaqqi necha pul bo’ladi usta?
Sartarosh dedi:
-Xa endi manashu tortmani oching, u yerda qancha bo’lsa yana shuncha qo’shib, so’ng 200 so’m qaytarib oling.
Mijoz:
-Ho’p dedi va shunday qilib ketdi.
Va shu xolat ikkinchi, uchunchi mijozga ham qaytarildi. So’ngra sartarosh tortmani ochib qaradi, lekin u yerda pul yo’q edi.
Ana endi topingchi, birinchi mijozdan oldin tortmada necha pul bor edi-yu nega uchinchi mijozdan keyin pul qolmadi???

Okt 24

Faras qiling:
Bir kanalning ustiga ko’prik qurilgan,bu ko’prik shunday tor qurilganki faqatgina bitta inson sig’adi xolos, ammo shunday bo’ldiki manashu tor ko’prikdan bir emas, ikki emas uch nafar insonlar bir vaqtning o’zida, saf tortmasdan kanalning u tomoniga o’tib ketishgan.
Savol: bular qanday insonlar bo’lishgan, va qay xolatda o’tishgan???